Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘mon Eronga Ho‘rmuz bo‘g‘ozida yuk tashish yo‘nalishlarini ikki qismga ajratishni taklif qildi

O‘mon Eronga Ho‘rmuz bo‘g‘ozida yuk tashish yo‘nalishlarini ikki qismga ajratishni taklif qildi

O‘mon Eronga Ho‘rmuz bo‘g‘ozida yuk tashish yo‘nalishlarini ikki qismga ajratishni taklif qildi — CNN.

Taklifga ko‘ra, janubiy yo‘nalish O‘mon hududiy suvlari orqali o‘tadi va kemalar uchun odatdagi erkin harakatlanish tartibi saqlab qolinadi. Shimoliy yo‘nalish esa Eron hududiy suvlari orqali tashkil etilib, undan foydalanish uchun Tehronning oldindan roziligi talab qilinadi. Biroq ushbu yo‘nalish bo‘yicha tranzit to‘lovlari undirilmaydi.

CNN manbalarining ma’lum qilishicha, mazkur tashabbus yuzasidan muzokaralar davom etmoqda. O‘mon va Eron rasmiylari ushbu masalani O‘mon poytaxti Maskatda muhokama qilgan.

Kiritildi: 20:52 12.07.2026. O'qildi: 1077 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!