Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

"Ummon"chi Zohidning avtohalokatga uchragani bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

"Ummon"chi Zohidning avtohalokatga uchragani bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Toshkentda BMW YTHga uchragani, haydovchi mashhur qo‘shiqchi Zohid ekani aytilgandi. Shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, 29 sentyabr kuni taxminan soat 23:00 da 1990 yilda tug‘ilgan Z.R. o‘z boshqaruvidagi BMW rusumli (davlat raqam belgisi 01 N 806 HA) transport vositasida Ahmad Donish ko‘chasidan Yangishahar ko‘chasiga qarab harakatlanayotganda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Oqibatda transport vositasi haydovchisi va yo‘lovchilari — 1995 yilda tug‘ilgan J.I. hamda 1996 yilda tug‘ilgan J.Y. kasalxonaga yotqizilgan. 1994 yilda tug‘ilgan X.S. voqea joyida vafot etgan.

Hodisa yuzasidan shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zgatildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 00:59 30.09.2022. O'qildi: 11659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!