Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Ukrainaning Sky Map tizimi AQSh bazalarida Eron dronlariga qarshi qo‘llanmoqda

Ukrainaning Sky Map tizimi AQSh bazalarida Eron dronlariga qarshi qo‘llanmoqda

Saudiya Arabistonidagi Prins Sulton harbiy bazasida AQSh harbiylari dronlarga qarshi kurashish uchun Ukrainaning Sky Map tizimidan foydalanishni boshladi.

Tizim radar va turli sensorlardan kelgan ma’lumotlarni birlashtirib, havodagi tahdidlarni aniqlash va ularga qarshi chora ko‘rish imkonini beradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ukrainalik mutaxassislar bazaga yetib kelgan va harbiylarga ushbu platformadan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda.

Sky Map tizimi Ukraina qurolli kuchlari tomonidan faol qo‘llanib kelinmoqda. U Sky Fortress tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Brave1 tashabbusi doirasida qo‘llab-quvvatlangan.

Kiritildi: 20:32 22.04.2026. O'qildi: 318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!