«An-Nasr» klubi Krishtianu Ronalduning 16 yoshli o‘g‘li — Krishtianu Ronaldu-kichkinani kelasi mavsumdan boshlab asosiy jamoaga jalb qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda insayder Fabrisio Romano Alweeamnews manbasiga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil iyun oyida futbolchi 16 yoshga to‘ladi. «An-Nasr» uning rivojlanishini yaqindan kuzatib bormoqda va uning kelajak yo‘li bo‘yicha turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Asosiy tarkibga kiritish — shu variantlardan biri sifatida qayd etilgan.
Krishtianu Ronaldu 2023 yildan buyon «An-Nasr» safida o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda 41 yoshli hujumchi Saudiya Arabistoni chempionatida 25 ta o‘yinda 24 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etgan. Uning jamoasi esa «An-Hilol»dan 8 ochko oldinda bo‘lib, jadvalda birinchi o‘rinni egallab turibdi.