Ukrainaning Donesk viloyatidagi uchta qishloq ozod qilindi.
Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy ma’lum qildi.
"Bizning qo‘shinlarimiz muvaffaqiyatli qarshi hujumni amalga oshirib, Donesk viloyatidagi qishloqlar – Mixaylivka, Zeleniy Xay, Vladimirovkani dushmandan tozaladi", — deb yozdi u Telegram-kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Pokrovsk yo‘nalishidagi vaziyat og‘ir, dushman asosiy kuchlarini frontning ushbu qismiga qaratgan. "Ammo biz safda turishimiz kerak. Harbiy operasiyalarni tashkil etishda yordam ko‘rsatiladi. Qo‘shimcha o‘q-dorilar, uchuvchisiz samolyotlar va elektron urush uskunalari bilan bog‘liq masalalar hal bo‘ldi", deb ishontirdi Sirskiy.
Avvalroq Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy mamlakat Mustaqillik kuni munosabati bilan qilgan chiqishida Donbass yo‘nalishidagi muvaffaqiyatlar haqida tafsilotlarni oshkor qilmasdan ma’lum qilgandi.