Bu haqda NABU xabar bermoqda.
Tekshiruvlarga ko‘ra, uning egaligida quyidagi mulklar bo‘lgan:
▪️ "Fayna Taun" turar joy majmuasida dugonasi nomiga rasmiylashtirilgan qiymati qariyb 11 million grivnalik ikkita xonadon;
▪️ Poytaxtdagi "Lvovskaya ploshad" biznes-klass turar joy majmuasida onasi nomiga rasmiylashtirilgan xonadon;
▪️ Ushbu majmuada otasi nomiga rasmiylashtirilgan avtoturargoh o‘rni va bir nechta noturar joy binolar;
▪️ Qo‘l ostidagi xodimi nomiga rasmiylashtirilgan Mercedes-Benz GLC 220 d avtomobili.
Mansabdor shaxs ushbu mol-mulklar haqidagi ma’lumotlarni deklarasiyada ko‘rsatmagan. Bundan tashqari, u Kiyev viloyatida tahminiy qiymati 550 ming dollar bo‘lgan hovlini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib borgan. Gumonlanuvchining rasmiy daromadlari bunday ko‘chmas mulkni xarid qilishga imkon bermas edi. 2024 yil boshidan 2025 yil o‘rtalarigacha bo‘lgan davrda u tahminan 3,7 million grivna ishlab topgan.
Avvalroq, Korrupsiyaga qarshi kurash byurosi Ukrainaning AQShdagi sobiq elchisi Olga Stefanishinaga nisbatan 134 ming dollar miqdorida garov ehtiyot chorasi tayinlagani ma’lum bo‘lgandi.