Bugun 6 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Milliy bog‘da 5 yoshli qiz suvga cho‘kib vafot etdi

Milliy bog‘da 5 yoshli qiz suvga cho‘kib vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Milliy bog‘dagi plyajda 5 avgust kuni 4 yoshli qiz suvda cho‘kib vafot etgani aytilgan xabarlar tarqaldi.

Hodisa 5 avgust kuni soat 16:30 atrofida sodir bo‘lgan. 4 yoshli qiz 8 yoshli opasi va buvisi bilan birga cho‘milish kelgan va suvga cho‘kib ketgan.

Voqea joyiga chaqirilgan tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan birinchi yordamga qaramay, u vafot etgan.

Shifokorlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnomaga ko‘ra, marhumaning tanasida hech qanday tan jarohati alomatlari aniqlanmagan.

Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi, prokuratura va sud-tibbiy ekspertiza byurosi xodimlari tomonidan o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ayni damda plyaj faoliyati to‘xtatilgan. Voqea guvohlari chindan ham ushbu holat sodir bo‘lganini tasdiqladi

Bog‘ ma’muriyati xodimlari voqea yuzasidan izoh berish vakolatiga ega emasligini bildirgan.

Kiritildi: Bugun 14:32. O'qildi: 309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!