UXX ma’lum qilishicha, mazkur amaliyot Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tomonidan 25 iyun kuni tasdiqlangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi Rossiyaning harbiy va iqtisodiy salohiyatini izchil zaiflashtirish orqali uni urushni to‘xtatishga majburlashdan iborat bo‘lgan.
Idorv ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina yerlaridagi 100 dan ortiq strategik ob’ektga, front chizig‘ida esa 21 mingdan ziyod harbiy texnika, qurol-yarog‘ va harbiy infratuzilma ob’ektlariga zarba berilgan. Shuningdek, UXX qariyb 5 ming nafar rossiyalik harbiy yo‘q qilinganini da’vo qilgan.
Hisobotda ta’kidlanishicha, operasiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri Rossiyaning yonilg‘i-energetika infratuzilmasiga zarba berish bo‘lgan. So‘nggi 40 kun ichida 14 ta neftni qayta ishlash zavodi, o‘nlab neft bazalari, neft saqlash rezervuarlari, neft quvurlari nasos stansiyalari, neft terminallari va neft qazib olish platformasi nishonga olingan.
Bundan tashqari, Blue, Louise 1, Banda va Avero tankerlari, shuningdek, xalqaro sanksiyalar ostida bo‘lgan ikki yuk kemasiga ham zarbalar berilgani qayd etilgan.
Idora bunday operasiyalar Rossiyaning harbiy-iqtisodiy salohiyatini kamaytirish maqsadida davom ettirilishini ma’lum qilgan.