Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Xabar berilishicha, 62 yoshli Ruhsor Ahmad 1990-yillarda Manchesterda sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan ushlangan. U nomusga tegish va bolalar savdosida gumon qilinmoqda. Hozirda siyosatchi garov evaziga ozodlikda bo‘lib, polisiya nazoratida qolmoqda. Shunga qaramay, o‘tgan hafta Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif partiyasidan Ozod Jammu va Kashmir qonunchilik assambleyasi deputatligiga saylangan.
Ahmad 2024 yil 18 iyul kuni uzoq yillar yashagan Ras holm tumanidagi bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik ishi doirasida Manchester aeroportida qo‘lga olingan. Tergovchilar uni kamida ikki ayolning bolaligida zo‘rlangani va odam savdosiga jalb etilganiga oid arizalar asosida so‘roq qilgan. Gap 1990 yillarning boshlarida, Ahmad taxminan 30 yoshda bo‘lgan paytda, bolalar uylari tarbiyalanuvchilariga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonliklar haqida bormoqda.
"Manchester polisiyasi unga Buyuk Britaniyani tark etishini taqiqlashga uringan, biroq 2024 yil iyulida sud garov shartlarini qat’iylashtirishni rad etgan. 2026 yil iyulida Ahmad Manchester polisiya bo‘limiga kelishi kerak edi, biroq "kasalligi sababli parvoz qila olmasligi"ni vaj qilib, bormagan", deya xabar bermoqda The Guardian.
Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda Ahmadning Pokiston shimolidagi Mirpur shahrida o‘tkazilgan saylovoldi tadbirlarida ishtirok etayotgani aks etgan suratlar tarqalgan. U yaqin olti hafta ichida Manchest politsya idorasiga borishi kutilmoqda. Aks holda, polisiya uni hibsga olish uchun order berishi yoki ekstradisiya jarayonini boshlashi mumkin. Bu esa Buyuk Britaniya va Pokiston o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga kelishi ehtimolini oshiradi.