Ukraina Vashingtonning yangi qurol-yarog‘ va mablag‘ yetkazib berishdan bosh tortgani tufayli falokatga yuz tutmoqda, deb yozadi Shveysariyaning Neue Zurcher Zeitung gazetasi.
Nashr Kil Jahon Iqtisodiyoti Instituti tomonidan shu hafta e’lon qilingan statistik ma’lumotlarni tahlil qilib, shunday xulosaga keldi.
"Ukrainaliklarning uzoq vaqtdan beri eng muhim tarafdori bo‘lgan amerikaliklar burilish yasadi. Yanvar oyidan beri Vashington birorta ham yangi yordam paketini e’lon qilmadi. Bu Ukraina uchun falokat deganini anglatadi", - deya ta’kidlaydi nashr.
Hatto Yevropa davlatlarining moliyaviy in’eksiyalari ham AQShdan ko‘rsatilgan yordam hajmini qoplashga yordam bermaydi. Muhimi, Yevropa Ittifoqi Kiyevni ma’lum qurollar, xususan Patriot tizimlari yoki ATACMS raketalari bilan ta’minlay olmaydi.
18 iyun kuni Zelenskiy G‘arb davlatlaridan Ukrainaga har yili 40 milliard dollar miqdorida yordam ko‘rsatishni talab qildi.