Bu haqda MiroHost asoschisi va "Ukraina interneti otasi" Olshanskiy fikr bildirdi.
So‘nggi kunlarda Rossiya Ukraina internet infratuzilmasiga zarbalarni kuchaytirdi. 23 sentyabrda Kiyevdagi data-markazlar va provayderlar uskunalari shikastlanishi ortidan taxminan 100 ming xonadonda internet uzilishi yoki beqaror ishlashi kuzatildi.
Neue Zürcher Zeitung nashrining yozishicha, Rossiyaning maqsadi — Ukrainani internetsiz qoldirish.
Sentabr oyi boshidan buyon Rossiya internet-provayderlar va mobil aloqa operatorlari infratuzilmasiga zarbalar berib, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari hamda tarmoq tugunlariga zarar yetkazmoqda. Bu kabi davomli hujumlar internet sifati va tezligining pasayishiga, shuningdek, xizmatlar narxining oshishiga olib kelishi mumkin.