Bugun 27 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Mintaqadagi parvozlar yo barcha uchun ochiq bo‘ladi, yoki hech kim uchun emas"

"Mintaqadagi parvozlar yo barcha uchun ochiq bo‘ladi, yoki hech kim uchun emas"

Eron AQSh sanksiyalari tufayli butun Yaqin Sharq bo‘ylab havo qatnovini to‘xtatish bilan tahdid qilmoqda

NDTV xabariga ko‘ra, Eron Oliy rahbari maslahatchisi Muhammad Moxber Tehron AQSh sanksiyalari sababli Eron aviakompaniyalariga nisbatan joriy etilgan cheklovlarga ko‘z yumib o‘tirmasligini ma’lum qilgan.

"Mintaqadagi parvozlar yo barcha uchun ochiq bo‘ladi, yoki hech kim uchun emas. Agar Eronning parvoz qilish va ayeroport xizmatlaridan foydalanish imkoniyati cheklansa, mintaqadagi hech bir davlat ham bunday imkoniyatga ega bo‘lmaydi", — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.

Yaqin Sharq bo‘ylab havo hududining ommaviy ravishda yopilishi minglab reyslarning bekor qilinishi yoki vaqtining o‘zgartirilishiga, chiptalar narxining oshishiga hamda Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi parvoz vaqtining uzayishiga olib kelishi mumkin.

Avvalroq Iroq va BAA ayeroportlari AQSh sanksiyalari tufayli Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatgan edi.

Kiritildi: 21:35 26.09.2026. O'qildi: 837 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!