Bugun 27 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ukraina ilk bor Rossiya ortidagi hududga jangovor robotlarni tushirdi

Ukraina ilk bor Rossiya ortidagi hududga jangovor robotlarni tushirdi

Ukraina zarba beruvchi dronlari ilk bor yer ustida harakatlanuvchi kamikadze robotlarni Rossiya qo‘shinlari nazoratidagi hudud ichkarisiga 10 kilometrdan ortiq masofaga yetkazdi. Ukraina Qurolli kuchlari 3-armiya korpusi ma’lum qilishicha, «Vivaldi» deb nomlangan ushbu operasiya bunday taktikani qo‘llash bo‘yicha dunyodagi ilk holat bo‘lgan.

Ukraina tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, kameralar bilan jihozlangan robotlar tushirilganidan so‘ng Rossiya pozisiyalari bo‘ylab mustaqil harakatlanib, nishonlarni qidirgan. 3-armiya korpusi qo‘mondoni Andrey Bileskiy operasiyaning ikkinchi bosqichida 800 dan ortiq rossiyalik harbiy halok bo‘lganini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, yaradorlar va asirlarni ham hisobga olganda, Rossiya tomonining umumiy yo‘qotishlari 3000 kishidan oshgan. Biroq bu raqamlar mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.

Operasiyada «Grifon» deb nomlangan robotlashtirilgan tizimlardan foydalanilgan. Ukraina tomoniga ko‘ra, robotlar Ukraina harbiylaridan oldin harakatlanib, eng xavfli vazifalarni bajargan.

Bileskiyning bildirishicha, so‘nggi haftalarda Ukraina kuchlari 125 kvadrat kilometrdan ortiq hududni nazoratga qaytargan. Donesk viloyatining Liman hududida Srednee, Derilovo va Shandrigolovo aholi punktlari ham ozod qilingani aytilmoqda.

Kiritildi: 19:55 26.09.2026. O'qildi: 836 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!