Bugun 27 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Uchqo‘rg‘on voqeasi bo‘yicha rasmiy bayonot berildi

Uchqo‘rg‘on voqeasi bo‘yicha rasmiy bayonot berildi


Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 118 va 112-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ish doirasida bir nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov ishlari Namangan viloyati prokuraturasi ish yurituviga o‘tkazilgan. Tergov ustidan nazorat Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

Prokuratura jinoyat ishi to‘liq va xolisona tergov qilinishi, voyaga yetmagan jabrlanuvchining huquqlari himoya qilinishi hamda mas’ul shaxslarning harakatsizligi yoki holatni yashirish bilan bog‘liq aniqlangan holatlarga huquqiy baho berilishini ma’lum qildi.

📌 Tergov natijalari qonunchilikda belgilangan tartibda ma’lum qilinadi.

Kiritildi: 19:43 26.09.2026. O'qildi: 825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!