Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitasiya uchun Toshkentga keldi

Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitasiya uchun Toshkentga keldi

Qurbon hayiti arafasida O‘zbekiston tomonining ko‘magi bilan bir guruh ukrainalik bolalar dam olish va reabilitasiya uchun Toshkentga keldi. 12 kun davomida ular uchun maxsus dam olish va psixologik tiklanish dasturi ko‘zda tutilgan.

Bolalar Ukrainaning jangovar harakatlardan aziyat chekayotgan turli viloyatlaridan, xususan, Xarkov, Xerson, Nikolayev, Zaporojye, Sumi, Xmelnitskiy, Lvov va Kiyev shaharlaridan tashrif buyurishgan.

Qayd etilishicha, ushbu gumanitar missiya Ukraina Elchixonasining murojaatiga javoban O‘zbekiston tomonining ko‘magi bilan tashkil etilgan bo‘lib, bolalarga ruhiy muvozanatni tiklashga hamda har kungi havo hujumlari va raketa zarbalaridan chalg‘ib dam olishga yordam berishni maqsad qilgan.

Bolalar va ularning kuzatuvchilari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi, shundan so‘ng ular Tyan-Shan tog‘lari etagidagi go‘zal vodiyga yo‘l olishdi. Oromgohdagi kechki qabul samimiy va iliq ruhda tashkil etildi.

Tashrif dasturi juda mazmunli bo‘lib, bu O‘zbekiston davlat organlarining misli ko‘rilmagan darajada jalb etilganidan dalolat beradi. Uni amalga oshirishda mamlakatning deyarli barcha tegishli vazirlik va idoralari ishtirok etmoqda. Har kuni bolalarni «Milliy qadriyatlar kuni»dan tortib, «Sport va salomatlik kuni»gacha bo‘lgan mavzuli tadbirlar, ijodiy tanlovlar va ekskursiyalar kutmoqda.

Bunday kompleks yondashuv O‘zbekiston tomonining ushbu murakkab davrda ukrainalik bolalarga har tomonlama yordam va ko‘mak ko‘rsatishdan chuqur manfaatdor ekanini yaqqol ko‘rsatadi.

Kiritildi: 16:01 06.06.2025. O'qildi: 566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!