Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan beri Rossiya 19 generalidan ayrilgan

Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan beri Rossiya 19 generalidan ayrilgan

"2022 yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri kamida 19 nafar rossiyalik general halok bo‘lgan. Oliy qo‘mondonlik tarkibidagi yo‘qotishlar faqat frontda sodir bo‘lmagan. Front ortida, jumladan, shtab-kvartiraga qilingan hujumlar, havo hujumlari va Rossiya hududidagi sabotajlar oqibatida ham generallarning o‘limi qayd etilgan. Biroq barcha o‘limlar Moskva tomonidan rasman tasdiqlanmagan", deya qayd etadi nashr.

Rossiya 2022 yilda generallar Andrey Suxoveskiy, Oleg Mityaayev, Vladimir Frolov, Andrey Simonov, Kanamat Botashev va Roman Kutuzovning o‘limi haqida e’lon qilgan. Keyingi yillarda ro‘yxatga Sergey Goryachev, Oleg Sokov, Vladimir Zavadskiy va boshqalarning ismlari kiritilgan.

2024 va 2025 yillarda Radiasiya, kimyoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i Igor Kirillov, Bosh shtab Bosh operasiyalar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Yaroslav Moskalik, Harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Mixail Gudkov va Bosh shtabning operasion tayyorgarlik bo‘limi boshlig‘i Fanil Sarvarov halok bo‘lgan.

Kiritildi: 17:30 10.01.2026. O'qildi: 479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!