Eron Pokiston orqali AQShga urushni tugatish bo‘yicha kelishuvning o‘z variantini taqdim etdi va Oq uyning munosabatini kutmoqda.
Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kozim G‘aribobodiy ma’lum qildi.
«To‘p endi AQSh tomonida. Diplomatiya yoki qarama-qarshilikni davom ettirish o‘rtasidagi tanlov — Vashingtonning ixtiyorida», — deya uning bayonotidan iqtibos keltirmoqda Eron davlat televideniyesi.
Shu bilan birga, diplomat Eron «voqealar rivojining har qanday ssenariysiga tayyor» ekanini ta’kidlab o‘tdi.