Bugun 23 may, 2026 yil, shanba

КИР

Ukrainaga YEIda «assosiasiyalashgan a’zo» maqomini olish taklif qilindi. Zelenskiy bunga qarshi

Ukrainaga YEIda «assosiasiyalashgan a’zo» maqomini olish taklif qilindi. Zelenskiy bunga qarshi

Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukrainaga Yevropa Ittifoqida «assosiasiyalashgan a’zo» maqomini berish g‘oyasini ilgari surdi. Bu taklifga ko‘ra, Kiyev Yevropa parlamenti va Yevrokomissiyada ishtirok etishi mumkin, ammo ovoz berish huquqisiz.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Yevropa liderlariga yo‘llagan maktubida bu taklifni «adolatsiz» deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Ukraina Yevropa Ittifoqida ishtirok etib, ammo qaror qabul qilishda so‘z huquqiga ega bo‘lmasligi qabul qilib bo‘lmaydi.

Zelenskiy hozir Ukraina uchun YEIga to‘liq a’zolik sari harakat qilishning eng muhim payti ekanini qayd etgan. Shuningdek, u Vengriyaning sobiq bosh vaziri Viktor Orbanning ketishi Kiyev va Bryussel o‘rtasidagi muzokaralar uchun yangi imkoniyat yaratganini aytdi.

Ukraina 2023 yil oxiridan beri rasman Yevropa Ittifoqiga nomzod davlat maqomiga ega. Biroq amalda a’zolik bo‘yicha to‘liq muzokaralar hali boshlanmagan.

Kiritildi: Bugun 21:31. O'qildi: 176 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!