Bugun 1 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Ukrainadagi urushda 481 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Ukrainadagi urushda 481 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani ma’lum qilindi

“Xochu jit” loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainadagi urushda Rossiya armiyasi safida ishtirok etgan 481 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan. Loyiha vakillarining ta’kidlashicha, bu raqam rasman aniqlangan ma’lumotlar asosida hisoblangan bo‘lib, aslida halok bo‘lganlar va bedarak yo‘qolganlar soni bir necha barobar ko‘p bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonliklar hozirda Rossiya armiyasiga yollanib jang qilayotgan va asirga tushgan chet el fuqarolari orasida yetakchi o‘rinni egallab turishmoqda.

Kiritildi: 18:15 31.10.2025. O'qildi: 524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!