Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukrainadagi urush erta yoki indinga tugamaydi — Fransiya prezidenti

Ukrainadagi urush erta yoki indinga tugamaydi — Fransiya prezidenti

Ukrainadagi urush erta yoki indinga tugamaydi. Emmanuyel Makron bu haqda Fransiya Qurolli kuchlariga qilgan murojaatida aytib o‘tdi.

"Ukrainaga uzoq muddatli xavfsizlik kafolatlarini berish muhim hisoblanadi. Harbiy harakatlar to‘xtaganidan keyin urushning Ukraina hududiga qaytmasligini kafolatlash zarur. Bu chora-tadbirlar nafaqat Kiyev uchun, balki butun Yevropa barqarorligi uchun asos bo‘ladi. Yevropada tinchlik va xavfsizlikka erishish yevropaliklar ishtirokisiz va ularning o‘zaro muzokaralarisiz imkonsiz", — deya fikr bildirdi Fransiya yetakchisi.

Makron, shuningdek, joriy yilning may oyiga qadar Fransiyaning milliy mudofaa strategiyasini qayta ko‘rib chiqishni buyurdi. Bu strategiya Fransiyaning global mudofaa va qayta qurollanish asoslarini belgilovchi hujjat hisoblanadi.

Bundan tashqari Makron Fransiyada ixtiyoriy safarbarlik e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Ukrainadagi harbiy amaliyotlardan keyin yuzaga kelgan ehtimoliy tahdidlar sababli Fransiya armiyasini kuchaytirish uchun zarur hisoblanadi.

Kiritildi: 12:35 21.01.2025. O'qildi: 1187 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!