Rossiya hujumi natijasida Ukrainaning Ivano-Frankovsk viloyatidagi Burshtin issiqlik elektr stansiyasi jiddiy zarar ko‘rdi va faoliyati to‘xtatildi.
Burshtin meri Vasiliy Andrishin bu haqda ijtimoy tarmoq orqali e’lon qildi.
"Raketa hujumlari jiddiy zarar yetkazdi. Stansya hozirda nol quvvatda. Keyin nima bo‘lishini hali hech kim bilmaydi", dedi u.
Andreshinning so‘zlariga ko‘ra, Burshti hozirda isitish va suv bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. Suv ta’minoti bir necha soat ichida tiklanishi va elektr energiyasi faqat issiqlik elektr stansiyasidagi vaziyat aniqlangandan keyingina tiklanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 7 fevral kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga katta zarba berishdi. Xususan, mamlakatning turli mintaqalaridagi issiqlik elektr stansiyalari nishonga olindi. Ukraina energetika vaziri Denis Shmigal Burshtin va Dobrotvir issiqlik elektr stansiyalarida portlashlar sodir bo‘lganini xabar qildi. G‘arbiy Ukrainadagi Rivne shahrida, mamlakatning markaziy qismidagi Vinnisa va Yelizavetgradda ham bir qator portlashlar qayd etildi. Lvov va Rovno viloyatlarida muhim infratuzilma zarar ko‘rdi.