Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston va boshqa davlatlardan sakkiz jismoniy va 14 yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.
Tegishli farmon Ukraina prezidenti devoni saytida e’lon qilindi.
Jismoniy shaxslar orasida Rossiyaning yetti fuqarosi, jumladan, "Alrosa" bosh direktori Pavel Marinchev, Tula patron zavodi direktori Sergey Lukin va KXDRning KOMID kompaniyasi vakili Rim Yon Xyuk bor.
Yuridik shaxslar qatoriga Rossiyaning yettita ishlab chiqaruvchi kompaniyasi, to‘rtta Xitoy firmasi va Turkiya, Qozog‘iston va Seyshel orollaridan bittadan kompaniya kiradi. Hujjatda aytilishicha, bu sanksiyalar Yaponiya bilan kelishilgan.
Shuningdek, joriy yilning iyun oyidan buyon AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Yaponiya va YEI bilan sanksiyalarni sinxronlashtirish doirasida Kiyev 281 jismoniy va 633 yuridik shaxsga nisbatan cheklovlar joriy etgani qayd etilgan.