Bugun 17 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi har qanday sulh kelishuvi urushning davom etishidan afzalroqdir – Turkiya Tashqi ishlar vaziri

Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi har qanday sulh kelishuvi urushning davom etishidan afzalroqdir – Turkiya Tashqi ishlar vaziri

"Har qanday taklifni qabul qilish qiyin. Ammo odamlarning o‘limi va shaharlarning vayron bo‘lishidan ko‘ra ma’lum shartlar asosida sulh tuzish afzalroqdir", – deya Xoqon Fidanning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Reuters.

Turkiya TIV rahbari, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp "nihoyat urushni to‘xtatish kun tartibiga amal qila boshlaganini" bildirdi.

Fidan Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ehtimoliy choralarga to‘xtalar ekan, Yevropa bu kafolatlarni AQSh yordamisiz mustaqil ta’minlay olmasligini qayd etdi, shu bilan birga, harbiy harakatlarning qayta boshlanishini oldini olish uchun tiyib turuvchi omil zarurligini qo‘shimcha qildi.

"Hozirda Qo‘shma Shtatlarni Ukraina xavfsizligini qo‘llab-quvvatlashga qayta jalb qilish uchun katta sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda", – deya qo‘shimcha qildi Fidan.

Kiritildi: 13:10 05.04.2025. O'qildi: 896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!