Bugun 15 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Ukraina va Rossiya bir-birining energetika ob’ektlariga zarba bermaslikka rozi

Ukraina va Rossiya bir-birining energetika ob’ektlariga zarba bermaslikka rozi

Tramp Ukraina va Rossiya bir-birining energetika ob’ektlariga zarba bermaslikka rozi bo‘lganini ma’lum qildi.

"Ukraina Rossiya energetika obektlariga zarba bermaslikka rozi bo‘ldi. Rossiya ham shunday qilishga rozi bo‘ldi!

Dunyoda dizel narxining ko‘tarilishiga asosan Eron emas, balki Rossiya-Ukraina urushi sabab bo‘lmoqda", — deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Kuni kecha Tramp Zelenskiydan Rossiyadagi neftni qayta ishlash ob’ektlariga zarbalarni to‘xtatishni so‘raganini aytgandi. Uning bu chaqiruvi Qo‘shma Shtatlarda dizel yonilg‘isining narxi rekord darajaga oshgan bir paytga to‘g‘ri keldi.

Kiritildi: 21:12 14.09.2026. O'qildi: 326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!