Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Ukraina va Moldovaning YEIga a’zo bo‘lishi. Bryussel muzokaralarning birinchi klasterini rasman ochmoqda

Ukraina va Moldovaning YEIga a’zo bo‘lishi. Bryussel muzokaralarning birinchi klasterini rasman ochmoqda

Bu haqda DW xabar berdi.

Evropa Ittifoqiga a’zo barcha 27 ta davlat Ukraina va Moldovaning YEIga qo‘shilishi bo‘yicha birinchi muzokaralar klasteri ochilishini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen va Yevropa Kengashi rahbari Antoniu Koshta ma’lum qildi.

Birinchi klaster, ya’ni muhokama qilinadigan mavzular guruhi, kelajakda YEIga a’zo bo‘lish uchun rioya etilishi shart bo‘lgan qadriyatlar va asosiy tamoyillarga bag‘ishlanadi. Ukraina va Moldova Yevropa Ittifoqiga kirish uchun jami oltita muzokaralar klasteridan (ular o‘nlab bo‘limlarni o‘z ichiga oladi) o‘tishi kerak. Shundan so‘ng ikkala mamlakatning YEIga qabul qilinishi blokning barcha a’zo davlatlari tomonidan bir ovozdan ma’qullanishi lozim.

Vladimir Zelenskiy yevropalik hamkorlariga "Evropa yo‘lidagi kuchli qadam" uchun minnatdorchilik bildirdi.

"Kiyev o‘zini va shu orqali butun Yevropani — yevropalik xalqlar birlikda, erkin va tinchlikda yashay olishi haqidagi g‘oyani himoya qilmoqda", – deb yozdi Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralar rasman 2024 yilning iyun oyida boshlangan edi, biroq Vengriyaning pozisiyasi sababli uzoq vaqt davomida to‘xtab qolgandi. Viktor Orban hukumati almashganidan keyin vaziyat o‘zgarmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:55. O'qildi: 298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!