Bu haqda Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov ma’lum qildi.
Shu bilan birga, Ukraina prezidenti rasmiy saytida muzokaralarda ishtirok etuvchi Ukraina delegasiyasi tarkibi e’lon qilindi. Delegasiyaga Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak rahbarlik qiladi.
Delegasiya tarkibiga, shuningdek, Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Budanov va Bosh shtab boshlig‘i Gnatov ham kiritilgan. Ukraina prezidenti farmonida qayd etilishicha, mazkur delegasiya Rossiya vakillari bilan ham muzokara olib borish vakolatiga ega hisoblanadi.