Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Ukraina va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha bitimda ilgari ko‘rsatilgan yordamni hisobga olmaslikka kelishib oldi

Ukraina va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha bitimda ilgari ko‘rsatilgan yordamni hisobga olmaslikka kelishib oldi

Ukraina va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha bitimda ilgari ko‘rsatilgan yordamni hisobga olmaslikka kelishib oldi.

Bu haqda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday kelishuvga Vashingtonda AQSh Moliya vaziri Skott Bessent bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida erishilgan.

"Eng muhimi – biz o‘zimiz uchun muhim bo‘lgan “qizil chiziqlar”ni aniq belgiladik: bitim Yevroittifoq talablariga javob berishi, Ukraina Konstitusiyasi va qonunchiligiga zid bo‘lmasligi zarur. Bitim matnida u imzolanishidan avval Qo‘shma Shtatlar tomonidan ko‘rsatilgan yordam hisobga olinmasligi to‘g‘risuda kelishuvga erishildi", – deya aniqlik kiritdi Shmigal.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Kiyevga ko‘rsatgan harbiy va boshqa ko‘rinishdagi yordam uchun kompensasiya olishi kerakligini aytgan, u keltirgan raqamlarni esa Kiyev "haddan tashqari oshirib yuborilgan" deb atagan edi. Ukraina tomoni yordam bepul asosda ko‘rsatilganini va u qarz sifatida ko‘rilmasligi kerakligini ta’kidlagandi.

Kiritildi: 10:06 28.04.2025. O'qildi: 666 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!