Zelenskiy bu haqda Telegram’dagi sahifasida yozdi.
FP-7 — Ukrainada ishlab chiqilgan, yer usti qurilmasidan uchiriladigan taktik ballistik raketa hisoblanadi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uning uchish masofasi 200 kilometrgacha, jangovar qismi og‘irligi 150 kilogrammgacha, tezligi esa soatiga taxminan 1500 metrga yetishi mumkin.
Zelenskiy raketa birinchi marta jangovar sharoitda qo‘llanganini tasdiqlar ekan, keyingi bosqich ushbu raketalarni ommaviy ishlab chiqarish bo‘lishini aytdi.