Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ukraina TIV: "Putin ochiqdan-ochiq qabul qilib bo‘lmaydigan takliflar qo‘yib, hammani aldashda davom etmoqda"

Ukraina TIV: "Putin ochiqdan-ochiq qabul qilib bo‘lmaydigan takliflar qo‘yib, hammani aldashda davom etmoqda"

Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Moskvada uchrashishga tayyorligi haqidagi bayonotiga izoh berib, u ochiq-oydin qabul qilib bo‘lmaydigan takliflar bilan barchani manipulyasiya qilishda davom etayotganini aytdi.

Bu haqda Ukraina TIV rahbari ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.

"Hozirda kamida yetti davlat Ukraina va Rossiya rahbarlarining urushni tugatish bo‘yicha uchrashuvini o‘tkazishga tayyor. Avstriya, Muqaddas taxt, Shveysariya, Turkiya va uchta Fors ko‘rfazi davlati", deb yozadi Sibiga.

Uning ta’kidlashicha, bu jiddiy takliflar va prezident Zelenskiy istalgan vaqtda bunday uchrashuvga tayyor.

"Ammo Putin nomaqbul takliflarni ilgari surib, hammani aldashda davom etmoqda. Faqat kuchaygan bosim Rossiyani nihoyat tinchlik jarayoniga jiddiy yondashishga majbur qilishi mumkin", dedi Sibiga.

Kiritildi: 08:15 04.09.2025. O'qildi: 1106 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!