Bugun 27 mart, 2026 yil, juma

КИР

Ukraina terma jamoasi a’zosi: «Sharmandalik»

Ukraina terma jamoasi a’zosi: «Sharmandalik»

Ukraina terma jamoasi JCH-2026 yo‘llanmasi uchun kechgan pley-off bahsida Shvesiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu natija haqida «sariq-ko‘klar» himoyachisi Vitaliy Mikolenko o‘z fikrlarini bildirdi.

«Mag‘lubiyat sababi? Hech narsa demayman. Shunchaki, maydonga tushib, bunday ojiz o‘yin ko‘rsatganimizdan uyalyapman. Bu sharmandalik», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Ukraina OAVlari.

Shu tariqa, Ukraina terma jamoasi 2026 yilgi mundial yo‘llanmasi uchun kurashni to‘xtatdi.

Shvesiya esa, o‘z navbatida, pley-off bosqichining finaliga yo‘l oldi. Skandinaviyaliklar bo‘lajak Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Polsha terma jamoasi bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 14:23. O'qildi: 440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!