Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining kechki murojaatida mamlakat ichkarisidagi sanksiyalar bo‘yicha ishlar faollashtirilishini ma’lum qildi.
"Ukrainada ham sanksiyalar bo‘yicha barcha ishlarni faollashtiramiz. Shunday qilib, hozirgacha Rossiyaga yordam berayotgan, u bilan qandaydir shaklda hamkorlik qilayotgan yoki bosib olingan hududlarda biznesini saqlab qolayotgan har bir kishi — bunday faoliyat mutlaqo jinoyat ekanini his etishi kerak", — deya ta’kidladi prezident.
Avvalroq Zelenskiy Rossiyaga dron ishlab chiqarishda foydalaniladigan mahsulotlarni yetkazib berayotgan xitoylik kompaniyalarga qarshi sanksiyalar kiritgan edi.