Bugun 26 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Ukraina Rossiyaga qarshi urushda ittifoqchilarining yordamiga emas, ko‘proq o‘z kuchlariga tayanishiga to‘g‘ri keladi — Reuters

 Ukraina Rossiyaga qarshi urushda ittifoqchilarining yordamiga emas, ko‘proq o‘z kuchlariga tayanishiga to‘g‘ri keladi — Reuters

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyevning AQSh tomonidan Moskvaga qarshi joriy qilinishi mumkin bo‘lgan yangi sanksiyalarga bo‘lgan umidlari asta-sekin so‘nmoqda va Zelenskiy ana shunday mavhum vaziyatda BMT Bosh Assambleyasiga yo‘l olmoqda.

"Men Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishiga shubha qilaman. Shunga qaramay, Zelenskiy ehtimol Tramp bilan uchrashuvda undan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni so‘raydi. Menimcha, Ukraina o‘z qurolli kuchlarini mustahkamlashga e’tibor qaratgani ma’qul", — dedi ukrainalik rasmiy.

Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri Andrey Zagorodnyuk hozirgi strategiyani “Rossiyani neytrallashtirish” deb ta’riflaydi va bu asosan Kiyevning o‘z kuchlariga tayangan holda amalga oshirilmoqda.

Tahlil markazlaridan birini xodimining aytishicha, Ukraina nafaqat sanksiyalar borasida muammolarga va AQSh yordamining qisqarishiga duch kelmoqda, balki yevropalik ba’zi ittifoqchilarining ko‘magini ham yo‘qotishi mumkin.

Yuqori martabali yevropalik diplomatning so‘zlariga ko‘ra, AQSh bilan razvedka ma’lumotlari almashinuvi hamda Amerika qurol-aslahalarini Yevropa tomonidan sotib olinib, Ukrainaga topshirilishini nazarda tutuvchi yangi xarid mexanizmi Ukraina armiyasining qarshilik ko‘rsatishda davom etishi uchun muhim omillar hisoblanadi.

"Kiyev, shuningdek, Rossiyaning Qrim yarimorolini bosib olishi bilan bog‘liq sammitni o‘tkazish rejasini ilgari surmoqda. Bu esa, ehtimol, Qrimning Rossiya hududi sifatida tan olinishini nazarda tutuvchi har qanday tinchlik kelishuvini muhokama qilishga to‘sqinlik qilishga qaratilgan", deya yozmoqda Reuters.

Kiritildi: 16:45 23.09.2025. O'qildi: 857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!