"Ukraina xalqaro arbitraj sudlarida ochilgan da’volar asosida Rossiyadan 6,9 milliard dollar undirishni rejalashtirmoqda", — dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u bu masalani “Naftogaz” rahbari Sergey Koreskiy bilan Ukraina elchilari uchun o‘tkaziladigan yig‘inga tayyorgarlik doirasida muhokama qilgan.
"Biz xalqaro arbitraj sudlarining jami 6,9 milliard dollarlik bir necha ijobiy qarorlariga egamiz. Bu mutlaqo adolatli qarorlar bo‘lib, ular Rossiya va “Gazprom”ning javobgarligini ko‘rsatadi hamda xalqaro huquqning kuchini tasdiqlaydi", — dedi Zelenskiy.
Uning aytishicha, Ukraina hukumati bu mablag‘larni undirib olish uchun “aniq choralar” ko‘rmoqda. Zelenskiy 21 iyul kuni Ukraina elchilariga bu borada tegishli topshiriqlar berilishini ham qo‘shimcha qildi.