Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ukraina Rossiya tomonidan e’lon qilingan ro‘yxatdagi 65 harbiy asirning ismlarini tasdiqladi

A A A
Ukraina Rossiya tomonidan e’lon qilingan ro‘yxatdagi 65 harbiy asirning ismlarini tasdiqladi

Ukraina harbiy asirlar masalalari bo‘yicha muvofiqlashtirish shtabi Rossiya tomoni e’lon qilgan ro‘yxatdagi 65 harbiy asirni 24 yanvar kuni almashish rejalashtirilganini tasdiqladi.

Shu bilan birga, shtab vakillari halokatga uchragan Il-76 bortida harbiy asirlar bor bo‘lgani yoki yo‘qligi haqida ishonchli ma’lumotlarga ega emasliklarini bildirdi.

"Harbiy asirlarning yaqinlari Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan tarqatilgan falokat joyidan videoni tomosha qilishdi, ular videodagi jasadlarning harakatsiz tasvirlaridan o‘z yaqinlarini aniqlay olmadilar", — deyiladi shtab xabarida.

Il-76 harbiy-transport samolyoti halokati 24 yanvar kuni Belgorod viloyatining Yablonovo qishlog‘i yaqinida sodir bo‘ldi.

Rossiya rasmiylari ushbu samolyotni Ukraina Qurolli kuchlari urib tushirganini da’vo qilmoqda. Ukraina tomoni esa bu ma’lumotni tasdiqlagani yo‘q.

Kiritildi: 21:22 27.01.2024. O'qildi: 1839 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!