Bugun 12 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ukraina Rossiya energetika ob’ektlariga zarbalar bermaslikka tayyor, masala Rossiya sulhni xohlashi yoki yo‘qligida

Ukraina Rossiya energetika ob’ektlariga zarbalar bermaslikka tayyor, masala Rossiya sulhni xohlashi yoki yo‘qligida

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSh yetakchisi Donald Trampning energetika sulhi bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqidagi bayonotiga izoh berar ekan, Kiyev bunday kelishuvni olqishlashini aytdi.

"Bu hamma uchun yaxshi yangilik, u reallikning bir qismiga aylanishi muhim. Ukraina o‘t ochishni to‘xtatish va urushni tugatishning barcha real va ishonchli formatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ukraina Rossiya energetikasiga zarbalar bermaslikka tayyor va biz Rossiyaning ham xuddi shunga tayyorligiga hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentining bu boradagi kelishuviga umid qilamiz. Biz bunday kelishuvni olqishlaymiz", — dedi Ukraina prezidenti.

"Ukraina ko‘plab deeskalasiya qadamlarini taklif qildi. Putin ularning batchasiga “yo‘q” deya javob berdi. Nihoyat u AQShga, Ukrainaga va butun dunyoga boshqa biror narsa deyishiga umid qilamiz. U qotilliklar va yolg‘ondan tashqari boshqa narsa, haqiqiy va munosib tinchlikka olib keladigan bir gap aytishi lozim. Ukraina tinchlikni xohlaydi. Masala Rossiya buni xohlashi yoki yo‘qligida", — dedi Volodimir Zelenskiy.

"Ukraina Qurolli Kuchlari tegishli barcha buyruqlarni oldi. Ukrainani himoya qilyapmiz. Ukraina qo‘llab-quvvatlanishi uchun kurashyapmiz. Hamkorlarimizning bizga yordam berishi mumkin bo‘lgan barcha qadamlarini qo‘llab-quvvatlaymiz. AQSh va Rossiya muloqotining aniq tafsilotlarini hamda Putin prezident Tramp aytgan gaplarini bajarishini kutyapmiz", — deb ta’kidladi Ukraina yetakchisi.

Kiritildi: 23:29 11.10.2026. O'qildi: 297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!