Bugun 28 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukraina razvedkasi Novorossiysk va Tuapse portlaridagi neft quyish terminallarining ishini to‘xtatdimi?

Ukraina razvedkasi Novorossiysk va Tuapse portlaridagi neft quyish terminallarining ishini to‘xtatdimi?

Ukraina razvedkasi Novorossiysk va Tuapse portlaridagi neft quyish terminallarining ishini to‘xtatganini da’vo qilmoqda, deb xabar bermoqda “Ukrainskaya Pravda”.

Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasining (GRU) dengiz dronlari 24 sentyabrda Novorossiysk va Tuapse portlariga hujum qilib, neft quyish terminallarining ishini falajlantirdi, deb xabar bermoqda nashr manbalariga tayanib.

Gazeta suhbatdoshlarining aytishicha, Novorossiysk yaqinidagi "Transneft” neft kompleksi va Kaspiy quvurlar konsorsiumi (KTK) terminalining faoliyati to‘xtatilgan. GRU ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ob’ektlarda, turli kemalarga, jumladan, Rossiyaning “soya floti” tankerlariga neft yuklanadi. Shuningdek, dengiz dronlari Tuapse portidagi neft quyish infratuzilmasini portlatgan.

Ukraina razvedkasining ma’lum qilishicha, ko‘rsatilgan neftni qayta yuklash punktlari kuniga ikki million barrel xomashyoni eksport qilish quvvatiga ega.

Kiritildi: 21:25 25.09.2025. O'qildi: 1007 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!