Ukraina Qurolli Kuchlarining yangi bosh qo‘mondoni Drapatiy Rossiya davlati “yashashga haqli emas” deb hisoblaydi.
Bu uning 2023 yilda bergan, lekin hozir e’lon qilingan eski intervyusidan iqtibos. O‘sha intervyuda Drapatiydan Qrim anneksiya qilingan va Ukraina sharqida jangovar harakatlar boshlangan 2014 yilda harbiylar orasida qanday kayfiyat hukm surgani so‘ralgan.
"Birinchi bosqichda, ochig‘ini aytsam, balki qandaydir qo‘rquv bo‘lgandir. Chunki bu shunday mavhum holat ediki, endi nima bo‘ladi, qanday bo‘ladi derdik, yakunda esa ko‘rib turibmiz. Biz qo‘shni deb atay olmaydiganlar, umuman olganda, rahbariyati bilan birgalikda yashashga haqli bo‘lmagan millatdir. U yerda ming yillar davomida mentalitetda ham, imperiyachilik kayfiyatiga asoslangan xulq-atvorda ham sivilizasiyaga xos hech narsa o‘zgarmagan", — degan UQKning yangi bosh qo‘mondoni.
Draoatiy o‘sha intervyusida Donesk va Lugansk viloyatlarida butun tarix davomida ukrainlashtirishga yetarlicha e’tibor qaratilmaganini, shuning uchun u yerda “manqurt aholi” qatlami shakllanganini aytgan.
Drapatiy ushbu hududlarda yashovchi mahalliy aholi bilan bilan muloqotdan keyin, u yerlardagi ko‘pchilik odamlar ishlashni emas, balki tekinxo‘rlikni xohlaydi va ularga qaysi davlatda yashashlari, uning nomi qanday atalishi baribir degan fikrga kelganini bildirgan.