Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni Kursk viloyatidagi ukrainalik harbiylarning harakatiga izoh berdi

Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni Kursk viloyatidagi ukrainalik harbiylarning harakatiga izoh berdi

"Bo‘linmalar o‘z vaqtida manyovr qilib, qulay mudofaa chiziqlariga o‘tmoqda", — deya aniqlik kiritdi Oleksandr Sirskiy.

Shu bilan birga, u Kursk viloyatida Ukraina Qurolli Kuchlarining qurshovga olinishi xavfi yo‘qligini va "Sumi viloyatining Kursk bilan chegarasidagi vaziyat Ukraina mudofaa kuchlari nazoratida" ekanini ta’kidladi.

Sirskiyning so‘zlariga ko‘ra, ayrim rossiyalik diversiya-hujum guruhlari va kichik piyoda bo‘linmalari Ukraina hududiga kirishga urinmoqda, lekin ular o‘t ochish vositalari yordamida yo‘q qilinmoqda. Shuningdek, ushbu hududda Ukraina Qurolli Kuchlari guruhini "zarur kuch va qurilmalar, jumladan, elektron urush vositalari va dronlar bilan" kuchaytirishga qaror qilingan.

Kiritildi: 22:25 10.03.2025. O'qildi: 3343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!