Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Xitoyning beshta kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar joriy etish haqidagi farmonni imzoladi.
Bu haqda Ukraina OAVlari xabar bermoqda.
Ro‘yxatga Xitoyda ro‘yxatdan o‘tgan beshta yuridik shaxs nomi kiritilgan. Cheklovlar 10 yil muddatga belgilanadi.
Ularga aktivlarni blokirovka qilish, savdo operasiyalarini taqiqlash va aktivlarni Ukrainadan olib chiqish, lisenziyalarni, xususan, yer qa’ridan foydalanishga ruxsatnomalarni bekor qilish va boshqalar kiradi.