Bugun 25 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ukraina Oliy Radasi spikeri muzokaralardagi “qizil chiziq”larni ma’lum qildi

Ukraina Oliy Radasi spikeri muzokaralardagi “qizil chiziq”larni ma’lum qildi

Ukraina Oliy Radasi raisi Ruslan Stefanchuk Shvesiyada bo‘lib o‘tgan “Qrim platformaci” sammitida Kiyev uchun urushni tugatish bo‘yicha muzokaralardagi “qizil chiziq”larni ochiqladi, deb xabar beradi BBC.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “qizil chiziq”lar quyidagilardan iborat: Rossiya tomonidan okkupasiya qilingan hududlarni boshqa davlatlar tomonidan rasman tan olinishi, Ukraina mudofaasiga oid cheklovlar va Ukrainaning kelajakda turli ittifoqlarga qo‘shilishiga taqiqlar qo‘yish.

Stefanchuk shuningdek Ukraina xavfsizlik kafolatlari va har qanday tinchlik rejasining ajralmas qismi sifatida Yevropa Ittifoqi va NATO’ga a’zo bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

Reuters agentligi esa bu pozisiyalar Ukraina tomonidan avvaldan aytib kelinganini, ammo ular AQSh tomonidan taqdim etilgan urushni tugatish rejasidagi takliflarga zid ekanligini qayd etadi.

Kiritildi: 15:25 24.11.2025. O'qildi: 725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!