Bugun 25 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Trampning tinchlik rejasidagi bandlar soni qisqartirildi

Trampning tinchlik rejasidagi bandlar soni qisqartirildi

Trampning tinchlik rejasidagi bandlar soni 28 dan 19 taga qisqartirildi, deb xabar bermoqda Financial Times.

Nashr banbalariga ko‘ra, reja Jenevadagi muzokaralardan keyin qisqartirilgan, ammo aynan qaysi bandlar chiqarib tashlangani haqida ma’lumot berilmagan.

Tinchlik rejasi sezilarli darajada o‘zgargani haqida Jenevadagi muzokaralarda ishtirok etgan Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Aleksandr Bevz ham ma’lum qildi.

"Hammaga ma’lum bo‘lgan 28 bandlik tinchlim rejasi endi o‘zining avvalgi ko‘rinishida mavjud emas. Ba’zi bandlar olib tashlandi, ba’zilariga esa o‘zgartirishlar kiritildi", — dedi Bevz.

Kiritildi: 20:56 24.11.2025. O'qildi: 894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!