Bugun 25 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Afsonaviy aktyor Dharmendra vafot etdi

Afsonaviy aktyor Dharmendra vafot etdi

Hindistonlik aktyor Dharmendra (to‘liq ismi - Dharmendra Keval Krishan Deol) 89 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi Hindustan Times. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ikki hafta oldin aktyor o‘zini yomon his qilgani uchun Mumbaydagi shifoxonaga yotqizilgan. Variety gazetasining yozishicha, aktyorning nafas olishida muammo bo‘lgan.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi aktyorning oilasiga hamdardlik bildirdi. «Dharmendra Ji o‘limi hind kinosida butun bir davrning tugashini bildiradi. U mashhur shaxs, har bir roliga joziba va chuqurlik olib kirgan fenomenal aktyor edi», deb yozdi Modi X ijtimoiy tarmog‘ida.

Dharmendra kinodagi faoliyatini 1960-yillarda boshlagan. U 250 dan ortiq filmlarda rol o‘ynagan. Ular orasida o‘zbekistonliklarga yaxshi tanish «Zita va Gita», «Qasos va qonun», «Sevimli Raja», «Bitta umr kam bo‘lganda» kabi filmlar bor.

1980-yillarda u Vijayta Films prodyuserlik kompaniyasiga asos soldi. Aktyorlik va prodyuserlikdan tashqari, Dharmendra siyosat bilan ham shug‘ullangan. 2004 yildan 2009 yilgacha u Hindiston parlamentining quyi palatasi a’zosi va «Bharatiya Janata» partiyasi vakili bo‘lgan.

Kiritildi: 23:40 24.11.2025. O'qildi: 986 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!