Ukraina Estoniyaga 100 million yevro miqdoridagi harbiy yordamlar ro‘yxatini tuzib, topshirdi. Bu haqda ERR Estoniya mudofaa vazirligiga tayanib xabar bermoqda.
"Ukraina shu haftada Estoniyaga Kiyev Estoniyadan olmoqchi bo‘lgan 100 million yevrolik harbiy mahsulotlarning rasmiy ro‘yxatini topshirdi... Ukraina tanlagan mahsulotlarga zudlik bilan buyurtma qilinadi... Estoniya mudofaa kompaniyalaridan", — deb yozadi ERR mamlakat Mudofaa vazirligiga tayanib.
Qayd etilishicha, Kiyev taqdim etgan ro‘yxatga havo va quruqlikdagi dronlar, suv kemalari va tibbiy jihozlar kiritilgan.