Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ukraina dronlari Leningrad viloyatidagi VK ma’lumotlar markaziga hujum qildi

Ukraina dronlari Leningrad viloyatidagi VK ma’lumotlar markaziga hujum qildi

Rossiyaning VK kompaniyasi Leningrad viloyatidagi ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga dronlar hujum qilganini ma’lum qildi.

"VK xizmatlari foydalanuvchilar uchun odatdagidek ishlamoqda", — deyiladi kompaniya bayonotida.

Avvalroq Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko hududga dronlar bilan ommaviy hujum qilinganini xabar bergan edi. Uning ma’lum qilishicha, 95 ta Ukraina droni urib tushirilgan.

Ukraina hozircha hujum yuzasidan izoh bermagan.

Oktyabr oyida Ukraina dronlari "Yandeks" va Sberbank ma’lumotlar markazlariga ham hujum qilgan edi. O‘shanda hujumlardan keyin "Yandeks" xizmatlari ishida jiddiy uzilishlar kuzatilgan.

Kiritildi: Bugun 12:32. O'qildi: 258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!