Bugun 8 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Ukraina bosh prokurori iste’foga chiqdi

Ukraina bosh prokurori iste’foga chiqdi

Ukraina bosh prokurori qo‘l ostidagi xodimi firibgarlikka aloqador koll-markazlarini noqonuniy himoya qilishda ayblanganidan keyin iste’foga chiqdi

Bu haqda bosh prokuror Ruslan Kravchenko o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

"Bu siyosiy qaror va men uni ongli ravishda qabul qildim. Bosh prokuror lavozimi siyosiy qarama-qarshilik vositasi sifatida ishlatilishini istamayman", — dedi u.

Kravchenko Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi burosi (NABU) va Korrupsiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan prokuratura (SAP) tomonidan Bosh prokuratura mansabdori bilan bog‘liq jinoiy tashkilot fosh etilgani haqida xabar berilganidan bir hafta o‘tib iste’foga chiqdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, tashkilot firibgarlik koll-markazlari tarmog‘i bilan bog‘liq bo‘lgan. Kravchenko ushbu sxemaga aloqadorligini rad etgan va ayblovlar bo‘yicha pozisiyasi o‘zgarmaganini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 12:49. O'qildi: 298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!