Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Ukraina AQShning yordamisiz hozirgi jangovar sur’atda yoz boshigacha urush olib bora oladi — CNN

Ukraina AQShning yordamisiz hozirgi jangovar sur’atda yoz boshigacha urush olib bora oladi — CNN

Telekanal bu haqda G‘arb rasmiylarining so‘zlariga tayanib xabar berdi.

CNN'ning qayd etishicha, Qo‘shma Shtatlarning sobiq prezidenti Jo Bayden o‘z boshqaruvining so‘nggi oylarida Ukrainaga qurol yetkazib berishni kuchaytirgan, bu esa mamlakatni zamonaviy qurollarning katta zaxirasi bilan ta’minlagan.

Telekanal manbalari AQSh prezidentining Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatish qarorini 28 fevral kuni Oq uyning Oval kabinetida Tramp bilan tortishib qolgan Zelenskiyning “xatti-harakati”ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob ekanligini ta’kidlamoqda.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni to‘xtatib turish to‘g‘risida buyruq bergani haqida xabar bergan edik.

Kiritildi: 16:00 04.03.2025. O'qildi: 1193 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!