"Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi Jeyms Makeyti yozgi transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "Manchester Siti" 22 yoshli tarbiyalanuvchisini 23-29 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Jurnalistning ma’lumotiga ko‘ra, Makeytiga Bundesliga, APL va A Seriya klublari qiziqish bildirmoqda. Ta’kidlanishicha, vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotgan "Atalanta" tomonidan ham qiziqish mavjud.
2024/25-yilgi mavsumda Makati barcha turnirlarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, yettita gol urdi. Futbolchining "shaharliklar" bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.