AQSh Prezidentining elchisi Stiven Uitkoff kelgusi uch hafta ichida Ukraina bo‘yicha yangi muzokaralar bo‘lib o‘tishiga umid bildirdi.
Uitkoff bu haqda Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uitkoffning ta’kidlashicha, ikkala tomonga taqdim etilgan takliflar Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuvga olib kelishi mumkin.
"Jared va men umid qilamizki, biz ikkala tomonga ham kelgusi uch hafta ichida uchrashuvga olib keladigan va hatto Zelenskiy va Putin o‘rtasidagi sammitga olib keladigan ba’zi takliflarni taqdim etdik. Bir paytlar bu hatto AQSh Prezidenti bilan uch tomonlama uchrashuvga aylanishi mumkin, ko‘ramiz", dedi u.
Uitkoff shuningdek, Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha "kelgusi haftalarda yaxshi yangiliklar paydo bo‘lishiga" umid bildirdi.