Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

UFCning sobiq chempioni Makgregor Oq uydagi jangda qatnashmoqchi

UFCning sobiq chempioni Makgregor Oq uydagi jangda qatnashmoqchi

UFCning sobiq chempioni irlandiyalik Konor Makgregor Oq uy hududida bo‘lib o‘tadigan va AQSh Mustaqillik kuniga to‘g‘ri keladigan jangda qatnashmoqchi.

Bu haqda Makgregor X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

"AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda UFC jangini e’lon qilganidan juda xursandman. Men ro‘yxatga oling!" - deyiladi nashrda.

Avvalroq Tramp Oq uy hududida UFC jangi bo‘lib o‘tishini aytgandi. Amerika yetakchisi jang AQSh Mustaqillik deklarasiyasi qabul qilinganining 250 yilligiga to‘g‘ri kelishini aytdi. Tramp jang aynan qachon bo‘lib o‘tishi va unda kim ishtirok etishini tushuntirmagan. UFC ham jang o‘tkazish rejalarini tasdiqladi, deb xabar beradi NBC News.

Kiritildi: 09:40 05.07.2025. O'qildi: 481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!