UFC shon-shuhrat zali a’zosi Diyego Sanches avtomobildan o‘q otgan va qurolga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lgani uchun hibsga olindi.
Bu haqda MMA Fighting xabar berdi.
Sanches juma kuni Albukerkeda (AQSH, Nyu-Meksiko) hibsga olingan. Yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan paytda jangchi mashina oynasidan to‘pponchadan o‘q uzgan. U otishmani rad etdi, lekin qurol borligini tan oldi.